Shanba, 11 Aprel

Toshkentda palov narxida o‘sish qayd etildi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 kilogramm palov tayyorlash uchun 0,3 litr kungaboqar yog‘i, 300 gramm piyoz, 700 gramm mol go‘shti, 1 kilogramm sabzi, 1 kilogramm guruch, 100 gramm no‘xat, 10 gramm zira va 20 gramm osh tuzi talab etiladi.

2026-yilning mart oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda bir kilogramm palov tayyorlash xarajatlari yil boshiga nisbatan oshgani kuzatildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, aksariyat hududlarda palov narxi o‘rtacha 2 mingdan 4 ming so‘mgacha ko‘tarilgan.

Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yanvar oyida 98 234 so‘m bo‘lgan ko‘rsatkich mart oyiga kelib 99 973 so‘mga yetgan (+1 739 so‘m). Andijon viloyatida 106 160 so‘mdan 108 169 so‘mga (+2 009 so‘m), Buxoroda 107 931 so‘mdan 110 836 so‘mga (+2 905 so‘m) oshgan.

Jizzax viloyatida palov narxi 109 666 so‘mdan 111 556 so‘mga (+1 890 so‘m), Qashqadaryoda 111 922 so‘mdan 113 936 so‘mga (+2 014 so‘m), Navoiyda esa 109 697 so‘mdan 112 911 so‘mga (+3 214 so‘m) ko‘tarilgan.

Namangan viloyatida 108 617 so‘mdan 110 958 so‘mga (+2 341 so‘m), Samarqandda 112 930 so‘mdan 115 821 so‘mga (+2 891 so‘m), Surxondaryoda 111 624 so‘mdan 113 661 so‘mga (+2 037 so‘m) o‘sish qayd etilgan.

Sirdaryo viloyatida 104 256 so‘mdan 106 589 so‘mga (+2 333 so‘m), Toshkent viloyatida 112 607 so‘mdan 115 026 so‘mga (+2 419 so‘m), Farg‘onada 115 413 so‘mdan 117 627 so‘mga (+2 214 so‘m) oshgan.

Xorazm viloyatida 107 027 so‘mdan 109 457 so‘mga (+2 430 so‘m) ko‘tarilgan bo‘lsa, Toshkent shahrida eng yuqori ko‘rsatkich saqlanib qolmoqda — 116 128 so‘mdan 119 989 so‘mga (+3 861 so‘m).

Mutaxassislar ushbu o‘sishni asosan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, xususan go‘sht, yog‘ va guruch narxlarining oshishi bilan izohlamoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 kilogramm palov tayyorlash uchun 0,3 litr kungaboqar yog‘i, 300 gramm piyoz, 700 gramm mol go‘shti, 1 kilogramm sabzi, 1 kilogramm guruch, 100 gramm no‘xat, 10 gramm zira va 20 gramm osh tuzi talab etiladi.

Qayd etilishicha, mazkur raqamlar faqat xomashyo qiymati asosida shakllantirilgan bo‘lib, ular tayyor palovning bozordagi narxini aks ettirmaydi. Tayyor mahsulot narxiga esa oshpazlik xizmati, ijaralar va boshqa xarajatlar ham qo‘shiladi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid