Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil aprel oyida O‘zbekiston hududlari kesimida 1 kilogramm palov tayyorlash uchun hisoblangan xarajatlar e’lon qilindi.
Hududlar bo‘yicha eng arzon palov narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 102 286 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi — 122 543 so‘m.
Hududlar kesimida 1 kilogramm palov qiymati:
- Qoraqalpog‘iston R. — 102 286 so‘m
- Andijon viloyati — 111 241 so‘m
- Buxoro viloyati — 113 437 so‘m
- Jizzax viloyati — 113 635 so‘m
- Qashqadaryo viloyati — 116 268 so‘m
- Navoiy viloyati — 115 300 so‘m
- Namangan viloyati — 113 544 so‘m
- Samarqand viloyati — 118 049 so‘m
- Surxondaryo viloyati — 115 925 so‘m
- Sirdaryo viloyati — 109 092 so‘m
- Toshkent viloyati — 117 407 so‘m
- Farg‘ona viloyati — 120 287 so‘m
- Xorazm viloyati — 112 024 so‘m
- Toshkent shahri — 122 543 so‘m
1 kilogramm palov tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlar:
- kungaboqar yog‘i — 0,3 litr
- piyoz — 300 gramm
- mol go‘shti — 700 gramm
- sabzi — 1 kilogramm
- guruch — 1 kilogramm
- no‘xat — 100 gramm
- zira — 10 gramm
- osh tuzi — 20 gramm
Eslatib o‘tamiz, ushbu qiymatlar palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar narxlari asosida hisoblangan bo‘lib, hududlarda sotilayotgan tayyor palov narxini anglatmaydi.