2025-yil 1-apreldan 7-mayga qadar bo‘lgan davrda eskrou hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi bitimlari soni sezilarli darajada oshdi.
Mazkur davrda jami 40 767 ta shartnoma rasmiylashtirilgan va jarayonda bo‘lib, shundan:
- 23 804 tasi transport vositalari oldi-sotdisi,
- 16 963 tasi ko‘chmas mulk bitimlariga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida eng yuqori faollik:
- Toshkent shahrida — 11 679 ta,
- Farg‘ona viloyatida — 3 940 ta,
- Samarqand viloyatida — 3 614 ta bitim bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida ham eskrou tizimi orqali tuzilayotgan bitimlar sonida o‘sish kuzatilmoqda.
Hisobot davrida:
- 39 083 ta shartnoma rasmiylashtirilgan,
- 1 684 tasi esa jarayon bosqichida qolmoqda.
Eskrou mexanizmi oldi-sotdi jarayonlarida mablag‘larning xavfsiz saqlanishi, tomonlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash hamda hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mazkur tizim ayniqsa ko‘chmas mulk va avtomobil bozori ishtirokchilari uchun xavfsiz va zamonaviy moliyaviy yechim sifatida tobora ommalashib bormoqda.