Juma, 27 Iyun

Janubiy Koreyadagi harbiy holat davrida vona valyutasi qadrsizlandi

Janubiy Koreya vonasi kursi dollarga nisbatan 2,6 foizga pasayib, 1 dollar uchun 1442 vonani tashkil etdi, bu valyutaning ikki yillik eng past ko‘rsatkichidir.

Fond bozorlari mamlakatdagi siyosiy voqealarga salbiy reaksiya bildirdi. Kunning ikkinchi yarmida Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol «Shimoliy Koreya tarafdori kuchlarni yo‘q qilish va erkin konstitusiyaviy tuzumni himoya qilish» maqsadida harbiy holat joriy etilganini e’lon qildi. Shu bilan birga, u o‘z qarorini ichki siyosiy muammolar: muxolifatning mamlakatda tartibsizlik yaratish niyati bilan izohladi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid