Shanba, 11 Oktabr

O’zbekistonda mehnat ta’tiliga haq to’lashda yakshanba kuni hisobga olinmaydi

Oʻzbekistonda har yili mehnat taʼtili uchun toʻlanadigan haqda yangiliklar kiritildi. Prezident tomonidan tasdiqlangan qonunga koʻra, Mehnat kodeksida baʼzi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar mavjud. Endi, yakshanba kuni mehnat taʼtilining davomiyligi hisobga olinmaydi.

Shuningdek, ish haqi saqlanmaydigan taʼtilning davomiyligi 12 oy ichida 3 oydan oshmasligi kerak. 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar oʻrindoshlik asosida ishlay olmaydi, hamda sogʻliqni saqlash tizimi xodimlaridan tashqari, noqulay mehnat sharoitlarida ishlash taqiqlanadi.

Bundan tashqari, 12 yoshgacha boʻlgan ikki yoki undan ortiq bolasi yoki 16 yoshgacha nogironligi boʻlgan farzandi bor ota-onalardan biriga har yili kamida 14 kunlik ish haqi saqlanmagan taʼtil berilishi belgilandi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid