2024-yildan beri O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan Temu marketpleysi 20-martdan yopiladi.
ILMA o‘zbekistonliklardan bugundan boshlab Temu platformasida buyurtma bermasliklarini so‘ramoqda.
Avvalroq ILMA vakili Temu O‘zbekistonda qonuniy faoliyat olib borishga hali ham lisenziya olish uchun murojaat qilmaganini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, 1-iyuldan boshlab elektron tijorat operatorlari O‘zbekistonda faoliyat olib borish uchun yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston qonunchiligiga rioya qilmaydigan xorijiy marketpleyslarning yopilishi iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.