Yakshanba, 24 Avgust

Mustaqillik bayramida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi?

O‘zbekiston Respublikasida 1-sentyabr – Mustaqillik kuni umumxalq bayrami munosabati bilan dam olish kunlari tartibi ma’lum qilindi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

📌 5 ish kuni ishlovchilar uchun – 30-avgust (shanba), 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (dushanba, bayram kuni) dam olish kuni hisoblanadi.

📌 6 ish kuni ishlovchilar esa 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram kuni) dam oladi.

Shu bilan birga, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmagan hamda dam olish kunlari boshqa sanalarga ko‘chirilmagan.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid