Uzum Market ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida eʼtirof etildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi qarori bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda raqamli platforma operatorining ustun mavqega ega deb eʼtirof etishning mezonlari belgilangan.
Ushbu qarorga muvofiq, Raqobat qoʻmitasining tegishli buyrugʻi bilan elektron savdo maydonchalari (marketpleyslar) bozorida Uzum Market ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida eʼtirof etildi.