Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30 mart – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, O‘zbekistonda 2025 yil 30 mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.
- 29 mart (shanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;
- 30 mart (yakshanba) – Ramazon hayiti bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
- 31 mart (dushanba) – ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan barcha uchun dam olish kuni.