Shanba, 11 Oktabr

O‘zbekistonga «Leapmotor» brendining avtomobillari importi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonga «Leapmotor» brendining avtomobillari importi vaqtincha to‘xtatildi.

Hozirda, «Leapmotor» markali avtomobillarning sertifikatlanishi to‘xtatilgan bo‘lib, bu C16 modelidagi avtomobilda aniqlangan texnik kamchiliklar bilan bog‘liq.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan sertifikatlash organlariga yuborilgan ogohlantirish xatida, «Leapmotor C16» avtomobilining xavfsizlik talablariga mos kelmasligi haqida ma’lumot berilgan. Xatga ko‘ra, «Leapmotor» kompaniyasining C16 modeli (VIN raqami LFZ93AN96RD091431) elektron tizimlar yoki boshqa qurilmalardan foydalanishda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, ba’zi hollarda esa tizimlarning ishlamay qolishiga olib keladi.

Agentlik, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida, mazkur kamchiliklarni bartaraf etilguniga qadar, «Leapmotor» brendining avtomobillarini sertifikatlashni to‘xtatganini e’lon qildi.

Shuningdek, Piskent tumanidagi laboratoriyada import avtomobillari uchun sinovlar davomida navbatlarning uzayishi haqida xabar berilgan. Bojxona sohasidagi blogerlarga ko‘ra, elektron navbatlar soat 00:00da ochilib, 1 daqiqadan kam vaqt ichida joylar to‘lib qolmoqda.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid