Shanba, 11 Oktabr

Larri Ellison Ilon Maskni ortda qoldirdi

Oracle kompaniyasi hammuassisi Larri Ellison Bloomberg milliarderlari reytingida dunyoning eng boy odami sifatida birinchi o‘ringa chiqdi. Uning boyligi 393 milliard dollarga yetib, Ilon Maskning 385 milliard dollarlik kapitalidan oshib ketdi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Ellison boyligi atigi bir kunda 101 milliard dollarga ortib, reyting tarixidagi eng katta o‘sishni qayd etdi. U iyul oyidan beri Mark Sukerbergni ortda qoldirib, ikkinchi pog‘onada kelayotgan edi.

Ilon Mask esa qariyb bir yil davomida reytingning yetakchisi bo‘lib kelgan. U ilk bor 2021 yilda dunyodagi eng boy inson sifatida e’tirof etilgan, biroq keyinchalik Jeff Bezos va Bernar Arno kabi raqiblariga o‘rin bergandi. Hozirda Bezos to‘rtinchi, Arno esa sakkizinchi o‘rinda joylashgan.

Forbes nashri ham Ellison kapitalining keskin oshganini qayd etib, qo‘shimcha 102 milliard dollarlik yoki umumiy boyligining 35 foizga ortganini bildirdi. Shu bilan birga, Forbes reytingida Ilon Mask hanuz yetakchi bo‘lib qolmoqda — uning boyligi 437 milliard dollar deb baholanmoqda.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid