Shanba, 11 Oktabr

Shavkat Mirziyoyev BMT yubiley sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkga boradi

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashadi. Mazkur tadbirlar Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Podrobno.uz” manbasi xabar berdi.

Yubileyga bag‘ishlangan 80-sessiya “Birgalikda oldinga: tinchlik, taraqqiyot va inson huquqlari yo‘lida 80 yil” shiori ostida o‘tkaziladi. Forum jahon hamjamiyati ko‘p tomonlama hamkorlik, birdamlik va birgalikdagi harakatlarga sodiqligini yana bir bor tasdiqlayotgan muhim davrda o‘tkazilmoqda.

Sessiya kun tartibidan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga tezkor erishish va global hamkorlikni yangilash masalalari ham o‘rin olgan.

Yuqori darajadagi yubiley tadbirlari 22-sentabr kuni Bosh Assambleya zalida boshlanadi. Shavkat Mirziyoyevning nutqi esa 23-sentabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Sessiya davomida davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari o‘tgan 80 yildagi yutuqlarni hamda ko‘p tomonlama hamkorlik tizimini yanada inklyuziv va samarali qilish choralari haqida fikr almashadilar.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid