2025-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 126 ta mamlakat orasida 70-o‘rinni egalladi. Mamlakatimizning o‘rtacha intellekt darajasi 96,79 ballni tashkil etib, bu ko‘rsatkich ko‘plab rivojlangan davlatlar darajasiga yaqin.
Reyting yetakchilari quyidagicha:
- Xitoy — 107,19
- Janubiy Koreya — 106,79
- Yaponiya — 106,43
- Eron — 106,40
- Singapur — 105,97
Eng yuqori IQ darajasi Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Singapurda qayd etilgan bo‘lsa, eng past natijalar Gabon, Angola va Beninda kuzatildi.
Sobiq SSSR mamlakatlari ichida O‘zbekistonning ko‘rsatkichi (96,79) quyidagilardan pastroq:
- Rossiya — 103,2
- Armaniston — 102,6
- Belarus — 98,7
- Ozarbayjon — 98,7
- Moldova — 97,3
- Qozog‘iston — 97,0
O‘zbekiston esa Qirg‘iziston (94,9) va Tojikistondan (93,6) yuqoriroq natijani qayd etdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu reyting O‘zbekiston uchun ijobiy signal bo‘lib, intellektual salohiyatimizni yanada rivojlantirish, ta’lim va fan sohalarini kuchaytirish muhimligini ko‘rsatadi.