Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 1,4 milliard dollarga yetgan. Bu natija saudiyalik “Al-Nassr” klubi bilan qiymati 400 million dollardan ortiq bo‘lgan yangi shartnoma imzolanganidan keyin qayd etildi.
Portugaliyalik hujumchi avval “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va “Yuventus” klublarida o‘ynagan. U, shuningdek, Nike, Armani va boshqa brendlar bilan reklama shartnomalari orqali ham yuzlab million dollar daromad topgan. Biroq, Bloomberg reklama kontraktlaridan aniq raqamlarni oshkor etmagan.
Saudiyaga o‘tish Ronaldu uchun karyerasidagi eng daromadli qadam bo‘ldi. Sportdagi ambitsiyalari borasidagi shubhalarga qaramay, “Al-Nassr” klubi u bilan 2025-yil iyunida shartnoma imzoladi. Bu transfer futbol tarixidagi eng yirik kontraktlardan biri bo‘lib, sportchilar orasida eng yuqori o‘rtacha yillik maoshni ta’minlaganini Bloomberg yozdi.
Saudiya Arabistonidagi daromadlar soliqqa tortilmaydi, shartnomada esa Ronaldu uchun bir qator imtiyozlar — jumladan, klubdagi ulush va shaxsiy samolyotdan foydalanish huquqi ham nazarda tutilgan.
Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi uzoq yillar davomida bir-biriga raqib bo‘lib kelgan va ularning daromadlari deyarli teng bo‘lgan. Biroq, Ronaldu Saudiya Arabistoniga, Messi esa “Inter Mayami” klubiga o‘tgach, ularning moliyaviy holati farqlana boshladi. Shunga qaramay, Messi faoliyatini yakunlagach, klubdagi ulush orqali boyligini yana oshirishi mumkin.
Dunyodagi eng boy futbolchilar reytingida quyidagi 8 nafar faol o‘yinchilar ham bor — ularning barchasi hanuz professional futbolda o‘ynashni davom ettirmoqda.
8. Antuan Grizmann — “Atletiko” — 88,3 million dollar
7. Son Xun-Min — “Los-Anjeles” — 100,3 million dollar
6. Pol Pogba — “Monako” — 124,5 million dollar
5. Karim Benzema — “Al-Ittihod” — 200,7 million dollar
4. Kilian Mbappe — “Real Madrid” — 249 million dollar
3. Neymar — “Santos” — 375 million dollar
2. Lionel Messi — “Inter Mayami” — 830 million dollar
1. Krishtianu Ronaldu — “Al-Nassr” — 1,4 milliard dollar
Albatta, bu raqamlar futbolchilar hisob raqamlarida shu miqdordagi mablag‘ borligini anglatmaydi. Ularning boyligi — ko‘chmas mulk, aksiyalar, kompaniyalardagi ulushlar va boshqa aktivlar qiymati asosida hisoblanadi.