2026-yilning yanvar-mart oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 161 751 ta yuridik shaxs tomonidan jami 10,8 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 2,1 trln so‘mi yoki 19,8 foizi eng yirik 20 ta soliq to‘lovchi hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu korxonalarning umumiy tovar aylanmasi 25,9 trln so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, ular tomonidan foydalanilgan soliq imtiyozlari hajmi 1,5 trln so‘mdan oshgan.
Xizmat ko‘rsatish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan TOP-10 korxona:
- “O‘zbektelekom” AJ — 353,4 mlrd so‘m
- “Asia Trans Gas” MCHJ — 351,4 mlrd so‘m
- “Uzbekistan Airways” AJ — 232 mlrd so‘m
- “COSCOM” MCHJ — 127,4 mlrd so‘m
- “Paynet” AJ — 115 mlrd so‘m
- “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MCHJ — 108,4 mlrd so‘m
- “Unitel” MCHJ XK — 107,5 mlrd so‘m
- “My Freighter” MCHJ — 85,7 mlrd so‘m
- “Temir Yo‘l Infra Tuzilma” MCHJ — 85 mlrd so‘m
- “Universal Mobile Systems” MCHJ — 83,4 mlrd so‘m
TOP-20 korxonalar tomonidan to‘langan soliqlarning asosiy qismi foyda solig‘i va QQS hissasiga to‘g‘ri kelgan. Xususan:
- foyda solig‘i — 805,7 mlrd so‘m;
- QQS — 576,9 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq — 348 mlrd so‘m;
- JShODS — 296,1 mlrd so‘m;
- mol-mulk solig‘i — 70,4 mlrd so‘m;
- yer solig‘i — 37,2 mlrd so‘m;
- aksiz solig‘i — 10,3 mlrd so‘m.
Ma’lumotlar Soliq qo‘mitasi tomonidan yangilangan.