Chorshanba, 13 May

Bugun 1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushmoqda?

Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi — 122 543 so‘m.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil aprel oyida O‘zbekiston hududlari kesimida 1 kilogramm palov tayyorlash uchun hisoblangan xarajatlar e’lon qilindi.

Hududlar bo‘yicha eng arzon palov narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 102 286 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi — 122 543 so‘m.

Hududlar kesimida 1 kilogramm palov qiymati:

  • Qoraqalpog‘iston R. — 102 286 so‘m
  • Andijon viloyati — 111 241 so‘m
  • Buxoro viloyati — 113 437 so‘m
  • Jizzax viloyati — 113 635 so‘m
  • Qashqadaryo viloyati — 116 268 so‘m
  • Navoiy viloyati — 115 300 so‘m
  • Namangan viloyati — 113 544 so‘m
  • Samarqand viloyati — 118 049 so‘m
  • Surxondaryo viloyati — 115 925 so‘m
  • Sirdaryo viloyati — 109 092 so‘m
  • Toshkent viloyati — 117 407 so‘m
  • Farg‘ona viloyati — 120 287 so‘m
  • Xorazm viloyati — 112 024 so‘m
  • Toshkent shahri — 122 543 so‘m

1 kilogramm palov tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlar:

  • kungaboqar yog‘i — 0,3 litr
  • piyoz — 300 gramm
  • mol go‘shti — 700 gramm
  • sabzi — 1 kilogramm
  • guruch — 1 kilogramm
  • no‘xat — 100 gramm
  • zira — 10 gramm
  • osh tuzi — 20 gramm

Eslatib o‘tamiz, ushbu qiymatlar palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar narxlari asosida hisoblangan bo‘lib, hududlarda sotilayotgan tayyor palov narxini anglatmaydi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid