Chorshanba, 13 May

Bir oyda eskrou orqali qariyb 41 mingta bitim tuzildi

Eskrou mexanizmi oldi-sotdi jarayonlarida mablag‘larning xavfsiz saqlanishi, tomonlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash hamda hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

2025-yil 1-apreldan 7-mayga qadar bo‘lgan davrda eskrou hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi bitimlari soni sezilarli darajada oshdi.

Mazkur davrda jami 40 767 ta shartnoma rasmiylashtirilgan va jarayonda bo‘lib, shundan:

  • 23 804 tasi transport vositalari oldi-sotdisi,
  • 16 963 tasi ko‘chmas mulk bitimlariga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududlar kesimida eng yuqori faollik:

  • Toshkent shahrida — 11 679 ta,
  • Farg‘ona viloyatida — 3 940 ta,
  • Samarqand viloyatida — 3 614 ta bitim bilan qayd etilgan.

Shuningdek, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida ham eskrou tizimi orqali tuzilayotgan bitimlar sonida o‘sish kuzatilmoqda.

Hisobot davrida:

  • 39 083 ta shartnoma rasmiylashtirilgan,
  • 1 684 tasi esa jarayon bosqichida qolmoqda.

Eskrou mexanizmi oldi-sotdi jarayonlarida mablag‘larning xavfsiz saqlanishi, tomonlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash hamda hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur tizim ayniqsa ko‘chmas mulk va avtomobil bozori ishtirokchilari uchun xavfsiz va zamonaviy moliyaviy yechim sifatida tobora ommalashib bormoqda.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid