Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–avgust oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 20 163 ta yuridik shaxs tomonidan 1,1 trln so‘mga yaqin soliq to‘langan.
Shundan 213,3 mlrd so‘m yoki 19,4 foizi eng yirik 20 ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu korxonalarning jami tovar aylanmasi 2,87 trln so‘mni, soliq imtiyozlari esa 31,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Sakkiz oy yakunlariga ko‘ra, umumiy ovqatlanish sohasida KFC tarmog‘ining O‘zbekistondagi franshizasi — International Foodchain MCHJ eng ko‘p soliq to‘lagan korxona bo‘ldi. Kompaniya tomonidan 62,4 mlrd so‘m soliq to‘langan.
Ikkinchi o‘rinda Evos brendi ostida faoliyat yurituvchi Mak Food Servis MCHJ joylashdi — korxona 43,9 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
Uchinchi o‘rinni esa Oqtepa Lavash brendini boshqaruvchi Oqtepa Food Service MCHJ egallab, 25,1 mlrd so‘m soliq to‘lovini amalga oshirgan.
Eng ko‘p soliq to‘lagan TOP-20 korxona ro’yxati:
- International Foodchain MCHJ (KFC) – 62,4 mlrd so‘m
- Mak Food Servis MCHJ (Evos) – 43,9 mlrd so‘m
- Oqtepa-Food-Service MCHJ – 25,1 mlrd so‘m
- Ketring MCHJ (Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi sho’ba korxona) – 23,4 mlrd so‘m
- Feedup Eco MCHJ – 5,4 mlrd so‘m
- Savdo MCHJ – 5,1 mlrd so‘m
- Maxway Food MCHJ – 4,7 mlrd so‘m
- PJ Eastern Group MCHJ – 4,5 mlrd so‘m
- Chef Catering MCHJ – 4,3 mlrd so‘m
- Alfa Best MCHJ – 4,0 mlrd so‘m
- Vanilla Food MCHJ QK – 4,0 mlrd so‘m
- French Pastry MCHJ – 3,9 mlrd so‘m
- Wencaf MCHJ QK – 3,7 mlrd so‘m
- Bellissimo Pizza International MCHJ – 3,6 mlrd so‘m
- The Choyxona Group MCHJ – 2,8 mlrd so‘m
- Dodo Pizza Tashkent MCHJ – 2,6 mlrd so‘m
- Xonobod Fayz Taomlari MCHJ – 2,6 mlrd so‘m
- Lambic MCHJ – 2,5 mlrd so‘m
- Real Business Trade MCHJ – 2,4 mlrd so‘m
- Sam Agro Star MCHJ – 2,4 mlrd so‘m
Soliq tushumlari turlari kesimida:
- Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) – 88,9 mlrd so‘m
- Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS) – 59,1 mlrd so‘m
- Foyda solig‘i – 36,6 mlrd so‘m
- Ijtimoiy soliq – 26 mlrd so‘m
- Boshqa soliqlar – 2,7 mlrd so‘m