Chorshanba, 13 May

O‘zbekistonda ijara xizmatlari hajmi 3,8 trln so‘mga yetdi

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, ijara xizmatlari hajmi 1,6 trillion so‘mga yetgan.

2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda ijara xizmatlari hajmi 3,8 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,3 foizga oshgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, ijara xizmatlari hajmi 1,6 trillion so‘mga yetgan.

Shuningdek, yuqori ko‘rsatkichlar Toshkent viloyati — 386,8 mlrd so‘m hamda Samarqand viloyati — 345,1 mlrd so‘m hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar bo‘yicha ijara xizmatlari hajmi quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 154,9 mlrd so‘m
  • Andijon viloyati — 204,9 mlrd so‘m
  • Buxoro viloyati — 183,5 mlrd so‘m
  • Jizzax viloyati — 72,8 mlrd so‘m
  • Qashqadaryo viloyati — 188,2 mlrd so‘m
  • Navoiy viloyati — 66,5 mlrd so‘m
  • Namangan viloyati — 121,9 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati — 345,1 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati — 142,3 mlrd so‘m
  • Sirdaryo viloyati — 64,7 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati — 386,8 mlrd so‘m
  • Farg‘ona viloyati — 234,4 mlrd so‘m
  • Xorazm viloyati — 88,9 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri — 1,6 trln so‘m.
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid