2026-yilning yanvar-avgust oylarida 5,3 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijiy davlatlarga safar qilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 109,9 ming nafarga oshgan.
Hisobot davrida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan — 2 427 526 nafar.
Keyingi o‘rinlarda:
- Qozog‘iston — 955 829 nafar;
- Tojikiston — 876 650 nafar;
- Rossiya — 257 567 nafar;
- Turkiya — 212 265 nafar;
- Saudiya Arabistoni — 184 155 nafar;
- BAA — 56 910 nafar;
- Xitoy — 52 043 nafar;
- Misr — 39 599 nafar;
- Vyetnam — 33 439 nafar.
Shunday qilib, TOP-10 davlat orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilik qilmoqda. Ayniqsa, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston O‘zbekistonliklarning xorijiy safarlarida asosiy yo‘nalishlar bo‘lib qolmoqda.