Chorshanba, 3 Iyun

Endi ko‘chmas mulk uchun soliq bazasi bozor qiymati asosida aniqlanadi

Agar soliq to‘lovchilar tomonidan sotilgan tovarlarning hisob hujjatlarida ko‘rsatilgan narx shu turdagi tovarlar bo‘yicha aniqlangan bozor narxidan 20 foizdan past yoki yuqori bo‘lsa, nizom talablari qo‘llanadi.

Hukumatning 2026-yil 18-maydagi 253-son qarori bilan “Soliq bazasini ayrim tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizomga ko‘ra, soliq bazasini ko‘chmas mulk obyektlari hamda yog‘och mahsulotlarining bozor qiymati asosida aniqlash tartibi belgilandi.

Unga muvofiq, agar soliq to‘lovchilar tomonidan sotilgan tovarlarning hisob hujjatlarida ko‘rsatilgan narx shu turdagi tovarlar bo‘yicha aniqlangan bozor narxidan 20 foizdan past yoki yuqori bo‘lsa, nizom talablari qo‘llanadi.

Nizomga asosan, soliq organlari soliq bazasini aniqlashda taqqoslanadigan bozor narxlari usulidan foydalanadi.

Ko‘chmas mulk obyektlarining bozor narxi esa ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

Shuningdek, soliq organlari soliq bazasini bozor narxidan kelib chiqib aniqlashda quyidagi manbalardan ham foydalanishi mumkin:

— notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
— auksion va davlat xaridlari platformalari;
— sotuvchilarning narxnomalari (preyskurant) va boshqa ma’lumotlar.

Birja savdolarida sotiladigan tovarlarning bozor narxi esa aynan o‘xshash, ular mavjud bo‘lmaganda esa bir turdagi tovarlar narxidan kelib chiqib aniqlanadi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid