Yakshanba, 8 Iyun

Firibgarlar kartadan pul o‘zlashtirishning yangi usulidan foydalanishmoqda

Markaziy bank aholiga ogohlantirish bilan chiqdi.

Hozirgi kunda firibgarlarning internet tarmog‘idan soxta telefon raqamlari orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilish holatlari kuzatilmoqda.

Bunda firibgarlar Markaziy bank xodimi sifatida o‘zini tanishtirib, fuqarolarning ishonchiga kirishga urinmoqda. Bundan tashqari, firibgarlar telegram messenjerida “Markaziy bank“ning soxta kanalini yaratib, fuqarolarning bank kartalariga oid ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali kartadagi pul mablag‘larini o‘zlashtirmoqda.

Markaziy bank bu kabi xabarlar va akkauntlarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qiladi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid