Yakshanba, 8 Iyun

Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50% chegirma e’lon qilindi

Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun qishki ta’til davrida mahalliy yo‘nalishdagi poyezdlar uchun 50% chegirma e’lon qilindi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, chegirma 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 10-yanvargacha amal qiladi. Biroq bu chegirma SV/VIP klass vagonlari va yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» elektropoyezdlari uchun amal qilmaydi.

Talabalar chiptalarni temir yo‘l kassalaridan pasport bilan yoki elektron tarzda eticket.railway.uz sayti orqali sotib olishlari mumkin. Mobil ilovalar orqali ham chipta xarid qilish imkoni mavjud.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid