Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-sentabridagi qaroriga ko‘ra, 2024-2028 yillarda yuqoridagi 4 ta davlat banki («SQB», «Agrobank», «Aloqabank» va «Milliy bank») xususiy bo‘gcha tashkil qilish uchun kredit beradi.
Tijorat banklari tomonidan ushbu loyiha doirasida jalb etilgan mablag‘lar hisobidan davlat-xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun taqdim etiladigan kreditlar:
🔹tumanlarda — 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavka bo‘yicha;
🔹Nukus shahri, viloyatlarning ma’muriy markazlari va viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarda — 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 16 foiz stavka bo‘yicha;
🔹Toshkent shahrida — 10 yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 18 foiz stavka bo‘yicha beriladi;
“2024 — 2028-yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish” loyihasi doirasida hududlarga biriktirilgan tijorat banklari ro’yxati:
Xalqaro moliya instituti nomi | Biriktirilgan hudud nomi | Biriktirilgan tijorat banki nomi |
Islom taraqqiyot banki | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | “O‘zsanoatqurilishbank” ATB |
Andijon viloyati | ||
Namangan viloyati | ||
Farg‘ona viloyati | ||
Toshkent shahar | ||
Buxoro viloyati | “Agrobank” ATB | |
Navoiy viloyati | ||
Qashqadaryo viloyati | ||
Samarqand viloyati | ||
Xorazm viloyati | “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ | |
Surxondaryo viloyati | ||
Toshkent viloyati | “Aloqabank” ATB | |
Jizzax viloyati | ||
Sirdaryo viloyati | ||
OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi | Barcha hududlar | “O‘zsanoatqurilishbank” ATB |