Seshanba, 15 Iyul

Cobalt uchun kontraktatsiya ochilmoqda

“UzAuto Motors” AJ 7-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va GX-MIDNIGHT AT avtomobillari uchun kontraktatsiya boshlanishini ma’lum qiladi.

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar faqat savdo.uzavtosanoat.uz veb-sayti va UzAvtoSavdo ilovasi orqali onlayn tarzda tuzilishi mumkin bo‘ladi.

Telegram-bot navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov 7 kun ichida amalga oshirilishi kerak.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid