Chorshanba, 13 May

Kontrakt to’lovining 12 foizi qaytarilishini bilasizmi?

OTMlarda o’qiyotgan talabalar to’lagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin.

Buning uchun hech qanday ovoragarchilik kerak emas, shunchaki Soliq mobil ilovasidan foydalanish kifoya.

PUL24 ushbu ketma-ketlikni tushuntiradi.

1. Soliq mobil ilovasini yuklab oling va FaceID orqali shaxsingizni tasdiqlang;

2. Ilovadan «Soliqlarim» bo’limiga kiring;

3. «Soliq imtiyozini qaytarish» bo’limini tanlab, «Proffesional va oliy ta’lim tashkilotlariga to’lagan kontrakt to’lovlarim» qismiga o’ting; *xususiy maktab yoki bog’chaga ham kirishingiz mumkin.

4. So’ralgan ma’lumotlarni kiriting;

5. Jami to’langan summani kirib, uning chek/kvitansiyasini PDF formatda biriktiring va «Davom etish»ni bosing;

6. Jami summa va qaytarish summasi ilovadan avtomatik hisoblanadi va shu joyida ma’lumotlarni qayta tekshirib ko’ring;

7. Barchasini tekshirib, «Yuborish» tugmasini bosing.

8. Arizangiz ro’yxatga olindi!

Endi ortiqcha summani qaytarishga ariza berishni ko’ramiz:

1. «Asosiy menyu»ga qaytib, «Keshbek va imtiyozlar» bo’limiga o’ting;

2. Undan «Ortiqcha to’lovni qaytarish» tugmasini bosing;

3. Bu sahifada plastikni olgan bankning tranzit raqami va MFO’sini kiriting.

*bankning asosiy sahifasidan bu ma’lumotni olishingiz mumkin.

4. Endi «Ariza yuborish»ni bosingiz mumkin;

5. Sizga arizaning raqami va ko’rish chiqish muddati ma’lumot qilinadi. Shuningdek, uning holatini ham kuzatib turishingiz mumkin.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Shaxrizoda Gulomqodirova 30 Dekabr, 2025 11:37

Man kantrakt tolaganman 2yil oshalani chekini yoqotganman qanaqlb tiklasam boladi

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid