Chorshanba, 13 May

O‘zbekistonga bir yilda $224,8 millionlik 24 mingdan ortiq elektromobil import qilindi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 224,8 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 24 095 dona elektromobil import qilingan. Eng ko‘p import qilgan mamlakat — Xitoy (23 982 dona).

Shuningdek, elektromobillar quyidagi davlatlardan ham keltirilgan:

  • Qozog‘iston — 51 dona
  • Gonkong — 17 dona
  • Germaniya — 15 dona
  • Birlashgan Arab Amirliklari — 13 dona
  • AQSH — 10 dona

Avvalroq 2024-yilning 10 oyida O‘zbekiston qiymati 202,7 million dollarga teng elektromobillarni import qilgani ma’lum qilingandi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid