Yakshanba, 12 Oktabr

Uzcard SMS-xabarnoma xizmati narxi 1-martdan ikki baravar oshadi

2025-yil 1-martdan boshlab Uzcard (5800-raqamli) kartalaridan amalga oshirilgan tranzaksiyalar uchun SMS-xabarnomalar tarifi ikki baravarga oshib, har bir xabar uchun 168,4 so‘mga teng bo‘ladi. Bu haqda Play Mobile kompaniyasi xabar bermoqda.

SMS-xabarnoma xizmatini taqdim etuvchi Play Mobile narx oshishini xarajatlarning ko‘payishi bilan bog‘lashdi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yildan buyon yuborilgan xabarlar hajmi 75% ga oshgan, bu esa tizimni qo‘llab-quvvatlash va modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha xarajatlarni talab qilgan. Dasturiy ta’minot ishlab chiqish, infratuzilma xizmatlari va texnik qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ham ortgan.

Shuningdek, narx o‘zgarishiga tashqi iqtisodiy omillar ta’sir ko‘rsatgan: so‘nggi yillarda elektr energiyasi narxi ikki baravarga oshdi, xizmatlarning hisob-kitob kurslari esa 68% ga qimmatlashgan. Mobil aloqa operatorlarida esa bitta SMS narxi uch baravarga oshgan.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid