«Tashabbusli budjet»ning 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, fuqarolar o‘z hududlarini obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash uchun loyihalarga ovoz berishlari mumkin. Jarayon 20-mart soat 23:59 gacha davom etadi.
Ovoz berish «Ochiq budjet» portali, mobil ilova yoki Telegram bot orqali amalga oshirilishi mumkin. Faol ishtirok eting va o‘z hududingizning rivojlanishiga hissa qo‘shing.