Dushanba, 10 Noyabr

Markaziy bank va yirik tijorat banklari raislari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, mamlakat iqtisodiyoti va moliya-bank tizimini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun bir qator bank rahbarlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Jumladan, Markaziy bank raisi Ishmetov Timur Amindjanovich, «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» ATB boshqaruvi raisi Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li, Xalq banki boshqaruvi raisi Atabayev Shuhrat Xaldarovich, «Asaka» banki boshqaruvi raisi Tulyaganov Kudratilla Asatullayevich hamda «Mikrokreditbank» boshqaruvi raisi Butayev Orif Aliboyevich mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shgan xizmatlari uchun munosib e’tirof etildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid