O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 562-VMQ qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab avtomobil davlat raqamlari berish tizimi soddalashtiriladi.
Qarorga ko‘ra:
- Auksion tartibi bekor qilinadi – xaridorgir raqamlar endi faqat yagona oshirilgan to‘lov asosida beriladi.
- Har bir fuqaro yoki tashkilot onlayn bazadan istalgan raqamni tanlashi va darhol rasmiylashtirishi mumkin.
- Raqamlar YHXX mobil ilovasi, rasmiy sayt, Yagona davlat xizmatlari portali hamda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmalaridagi infokiosklar orqali tanlanadi.
- Avtotransport vositasi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda raqamni egasi nomida qoldirish yoki boshqa shaxsga o‘tkazish imkoniyati ham yaratiladi.
Avval auksionga chiqarilgan, ammo sotilmagan 1−3-toifadagi davlat raqami belgilarini endi Safe Road ilovasi orqali sotib olish mumkin.
To‘lov miqdori:
- jismoniy shaxslar uchun – BHMning 17 baravari (≈ 7 mln so‘m),
- yuridik shaxslar uchun – BHMning 25 baravari (≈ 10,3 mln so‘m).
Xizmat hozircha test rejimida ishlamoqda. Ilovaga kirgach, “Xizmatlar” bo‘limida “Avtoraqam sotib olish” xizmati mavjud.
Bu yerda foydalanuvchilar:
- hududni,
- ma’qul avtoraqamni,
- raqam formatini (gorizontal yoki kvadrat),
- avtomobil dvigatel turini
tanlab, “Qidiruv” tugmasini bosish orqali mavjud raqamlarni ko‘rishlari mumkin.
Endilikda “chiroyli” avtoraqam xarid qilish jarayoni butunlay onlayn, qulay va shaffof tarzda amalga oshirilmoqda.
30r001rz
Region 30 nomer701
701