O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida dam olish kunlari ham ayrim bank bo‘limlari va shoxobchalari faoliyat yuritadi. Xususan, valyuta ayirboshlash hamda xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlari yo‘lga qo‘yilib, mijozlarga zarur moliyaviy amaliyotlarni tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratilmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Dam olish kunlari ishlaydigan tijorat banklari ro‘yxati:
- Agrobank
- Asaka bank
- Anorbank
- Apexbank
- Asia Alliance bank
- Ipoteka bank
- Milliy bank
- Orient Finans bank
- Tenge bank
- Trastbank
- Hamkorbank
- Garant bank
- Hayot bank
- InFin bank
- Universalbank
- Turon bank
- Kapital bank
- Poytaxt bank
- SQB
- Soderat
- BRB
Shuningdek, aholiga qo‘shimcha qulaylik sifatida “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali kunning istalgan vaqtida valyuta operatsiyalarini bajarish mumkin. Bundan tashqari, banklarga tashrif buyurmasdan turib ham tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash amaliyotlari tez va xavfsiz amalga oshiriladi.