Yakshanba, 9 Noyabr

Xitoydan Toshkentga 202 ta Yutong elektrobus yetib keldi

13-oktabr kuni poytaxtda Xitoyda ishlab chiqarilgan 202 ta zamonaviy Yutong elektrobus tantanali tarzda qabul qilindi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Tadbirda Toshkent shahar hokimi, Transport vaziri Ilhom Maxkamov, deputatlar, Jamoatchilik kengashi vakillari, OAV va blogerlar ishtirok etdi.

Transport vaziri o‘z nutqida davlat rahbari tashabbuslari bilan jamoat transportini ekologik toza va qulay tizimga aylantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni ta’kidladi. Shuningdek, haydovchilar hamda “Toshshahartransxizmat” jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

Foto: Transport vazirligi

Yangi elektrobuslar shahar havosini tozalash va transport tizimini modernizatsiya qilishga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda yangilangan avtobuslar hisobiga havoga chiqadigan zararli moddalar miqdori oyiga 93,3 tonnaga kamaygan.

Rejaga ko‘ra, 2030-yilgacha Toshkent jamoat transportining yarmi elektrobuslardan iborat bo‘ladi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid