Dushanba, 10 Noyabr

O‘zbekistonda soliq keshbeki 2 baravar oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda iste’molchilar uchun ajratiladigan soliq keshbeki miqdori oshirilishi mumkin. Bu haqda Soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qilgan.

Mirzayevning aytishicha, agar biznes legallashtirilsa, keshbek miqdori ikki baravarga oshirilishi mumkin. Hozirda bu miqdor 1% ni tashkil etsa, kelgusida uni 2% gacha oshirish rejalashtirilmoqda.

Soliq qo‘mitasi, naqd pulsiz to‘lovlarni rag‘batlantirishni asosiy maqsad qilib belgilagan. Hozirda byudjetga tushayotgan soliqlarning uchdan biri elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilmoqda va bu ko‘rsatkichni 60-70% gacha yetkazish rejalashtirilgan.

Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, elektron to‘lovlar amalga oshirilsa, soliq to‘lashdan qochish holatlari kamayadi va soliq organlari qo‘shimcha hujjatlar talab qilmasligi mumkin.

Shuningdek, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turizm sohalarida QQS qaytarish tartibi joriy etildi. Qaytariladigan miqdor naqd pulsiz to‘lovlar ulushiga qarab 20% dan 40% gacha bo‘ladi.

Mirzayevning ta’kidlashicha, agar bu chora-tadbirlar ijobiy natija bersa, keshbek boshqa sohalarga ham tatbiq etilib, miqdori 2% gacha oshirilishi mumkin.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid