Yakshanba, 9 Noyabr

O‘zbekistonliklar 8 oy ichida eng ko‘p sayohat qilgan davlatlar ma’lum bo‘ldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida qariyb 5,2 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 million nafarga yoki 26,8 foizga ko‘pdir.

Quyida o‘zbekistonlik sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan TOP-10 davlat ro‘yxati keltirilgan:

  1. Qirg‘iz Respublikasi — 2,3 mln kishi
  2. Qozog‘iston — 956 ming kishi
  3. Tojikiston — 887,9 ming kishi
  4. Rossiya — 312,7 ming kishi
  5. Turkiya — 181,7 ming kishi
  6. Saudiya Arabistoni — 165,7 ming kishi
  7. Birlashgan Arab Amirliklari — 94,2 ming kishi
  8. Misr — 45,4 ming kishi
  9. Vyetnam — 28,5 ming kishi
  10. Xitoy — 27,6 ming kishi

Shuningdek, boshqa mamlakatlarga safar qilganlar soni 162,4 ming nafarni tashkil etgan.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid