OpenAI kompaniyasi O‘zbekiston va bir qator rivojlanayotgan davlatlarda ChatGPT sun’iy intellektining yangi, arzonroq versiyasi — ChatGPT Go ni ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya o‘zining rasmiy sahifasida e’lon qildi.
🔹 Narxi: Yangi tarif oyiga atigi $5 turadi. Bu hozirda mavjud ChatGPT Plus obunasidan to‘rt baravar arzon (Plus — $20).
Kimlar uchun?
OpenAI ma’lumotiga ko‘ra, ChatGPT Go iqtisodiyoti rivojlanayotgan yoki o‘rta daromadli mamlakatlar foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan.
Qaysi davlatlarda mavjud?
Ro‘yxatga O‘zbekiston, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek Senegal, Misr, Tunis va ayrim boshqa Afrika davlatlari kiritilgan.
Yangi tarif foydalanuvchilarga ChatGPT’dan arzonroq narxda foydalanish imkonini berib, sun’iy intellektdan kengroq foydalanishni maqsad qilgan.