2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror o‘sishni davom ettirdi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 447,9 trln so‘mni tashkil etdi.
YAIMning real o‘sish sur’ati 2025 yilning mos davriga nisbatan 8,7 foizga teng bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich iqtisodiyotda yuqori faollik saqlanib qolayotganini anglatadi.
YAIM dinamikasi (yanvar–mart)
- 2022 yil — 186,7 trln so‘m
- 2023 yil — 228,9 trln so‘m
- 2024 yil — 276,9 trln so‘m
- 2025 yil — 372,8 trln so‘m
- 2026 yil — 447,9 trln so‘m
So‘nggi yillarda YAIM hajmining izchil oshib borayotgani mamlakatda sanoat, xizmatlar sohasi va investitsiya faolligi kengayayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, 2025–2026 yillardagi yuqori o‘sish iqtisodiy islohotlar natijasi va ichki talabning oshgani bilan bog‘liq.