Seshanba, 2 Iyun

O‘zbekistonda 2025 yilda 457,9 mingta avtomobil ishlab chiqarildi

2026 yilning yanvar–mart oylarida mamlakatda turli rusumdagi 108 769 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish sanoati so‘nggi o‘n yilda sezilarli o‘sishni namoyon etdi. Ayniqsa, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi bir necha barobarga oshib, mamlakat sanoatining muhim drayverlaridan biriga aylandi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–mart oylarida mamlakatda turli rusumdagi 108 769 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

2025 yil yakunlariga ko‘ra, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 457,9 ming donaga yetgan. Bu esa 2015 yilga nisbatan 267,4 ming dona ko‘p yoki 2,4 barobar yuqori natijani anglatadi.

So‘nggi o‘n yillik dinamikaga nazar tashlansa, avtomobil ishlab chiqarishda ayrim yillarda pasayish kuzatilgan bo‘lsa-da, umumiy trend o‘sish tomon yo‘nalgan:

Yillar kesimida yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi
(maxsus yengil avtomobillar bilan birga)

• 2015 yil — 190,5 ming dona
• 2016 yil — 92,7 ming dona
• 2017 yil — 145,2 ming dona
• 2018 yil — 225,8 ming dona
• 2019 yil — 278,0 ming dona
• 2020 yil — 285,2 ming dona
• 2021 yil — 242,2 ming dona
• 2022 yil — 341,2 ming dona
• 2023 yil — 426,1 ming dona
• 2024 yil — 435,2 ming dona
• 2025 yil — 457,9 ming dona (dastlabki ma’lumot)

E’tiborlisi, 2016 yilda ishlab chiqarish hajmi keskin kamaygan bo‘lsa, keyingi yillarda sektor bosqichma-bosqich tiklanib, ayniqsa 2022–2025 yillarda rekord ko‘rsatkichlarga erishdi.

Natijada, O‘zbekiston avtosanoati bugun nafaqat ichki talabni qondirish, balki eksport salohiyatini kengaytirayotgan tarmoqlardan biriga aylanmoqda.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid