Seshanba, 2 Iyun

Metan-shoxobchalarda gaz narxi oshdi

1-iyundan boshlab avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchalarida metan narxi oshdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarga ko‘ra, ayrim AGTKShlarda 1 kub metr metan 5700–5800 so‘mdan sotila boshlagan.

Bungacha aksariyat metan-shoxobchalarda gaz narxi 5250 so‘m atrofida edi. Natijada narxlar o‘rtacha 8,5–10 foizga qimmatlagan.

Mazkur o‘zgarishlar Vazirlar Mahkamasining yangi tariflari bilan bog‘liq. Qarorga ko‘ra, 1-iyundan boshlab metan-shoxobchalarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi 1 kub metr uchun 2700 so‘m etib belgilandi.

Shundan so‘ng shoxobchalarda yakuniy sotuv narxlari ham oshgani kuzatilmoqda.

1-iyundan amal qilayotgan yangi tariflar

Elektr energiyasi tariflari

Aholi:

  • 200 kWhgacha — 600 so‘mdan 650 so‘mga (+8,3%)
  • 201–500 kWh — 800 so‘mdan 900 so‘mga (+12,5%)
  • 501–1000 kWh — 1000 so‘mdan 1100 so‘mga (+10%)
  • 1001–5000 kWh — 1500 so‘mdan 1600 so‘mga (+6,7%)
  • 5001–10 000 kWh — 1750 so‘mdan 1900 so‘mga (+8,6%)
  • 10 000 kWhdan yuqori — 2000 so‘mdan 2200 so‘mga (+10%)

Yuridik shaxslar:

  • 1000 so‘mdan 1100 so‘mga (+10%)

Tabiiy gaz tariflari

Aholi:

  • Noyabr–fevral oylarida 500 m³gacha — 1000 so‘mdan 1100 so‘mga (+10%)
  • Mart–oktabr oylarida 100 m³gacha — 1000 so‘mdan 1100 so‘mga (+10%)
  • 101/501–2500 m³ — 1800 so‘mdan 2000 so‘mga (+11,1%)
  • 2501–5000 m³ — 2100 so‘mdan 2300 so‘mga (+9,5%)
  • 5001–10 000 m³ — 2500 so‘mdan 2700 so‘mga (+8%)
  • 10 001 m³dan yuqori — 3000 so‘mdan 3300 so‘mga (+10%)

Yuridik shaxslar:

  • 1800 so‘mdan 2000 so‘mga (+11,1%)

Metan-shoxobchalar:

  • 3000 so‘mdan 3300 so‘mga (+10%)
Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid