Chorshanba, 13 May

Markaziy bankka yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, Timur Amindjanovich Ishmetov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

T. Ishmetov 1979 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2008 yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetini tamomlagan.

Timur Amindjanovich o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat investitsiya qo‘mitasi va Moliya vazirligida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2020–2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2022 yildan bugungi kungacha Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid