Yakshanba, 27 Sentabr

6 oyda banklarda qancha shubhali operatsiya to‘xtatildi?

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston tijorat banklarida Session antifrod va antivirus tizimlari orqali shubhali operatsiyalar hamda zararli dasturlar aniqlangan.

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistondagi tijorat banklarida mijozlar mablag‘lari va mobil qurilmalarini raqamli firibgarlik hamda zararli dasturlardan himoya qilishga qaratilgan tizimlar faol qo‘llanildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-381-son qaroriga muvofiq, banklarda Session antifrod va mobil ilovalarga integratsiya qilingan antivirus tizimlari joriy etilgan.

Session antifrod tizimi shubhali operatsiyalarni aniqlamoqda

Session antifrod tizimi mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan bank operatsiyalarini turli xavf omillari asosida tahlil qiladi. Yuqori xavf darajasiga ega deb baholangan operatsiyalar cheklanadi.

Mazkur mexanizmning asosiy vazifalaridan biri — firibgarlik yo‘li bilan mablag‘larning bank hisobvaraqlaridan chiqib ketishining oldini olish.

2026-yilning dastlabki 6 oyida cheklangan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lar miqdori eng yuqori bo‘lgan banklar qatorida quyidagilar qayd etilgan:

  • Xalq banki — 186,7 mlrd so‘m, 2 221 403 ta holat;
  • TBC Bank — 175,5 mlrd so‘m, 93 215 ta holat;
  • Uzum Bank — 68,1 mlrd so‘m, 18 022 ta holat;
  • SQB — 23,7 mlrd so‘m, 1 733 ta holat;
  • Ipak Yo‘li Bank — 5,6 mlrd so‘m, 1 364 136 ta holat.

Shuningdek, Hamkorbankda 1,6 mlrd so‘mlik, Milliy bankda 0,7 mlrd so‘mlik, Turonbankda 7,7 mln so‘mlik, Ipoteka bankda 4,3 mln so‘mlik hamda Openbankda 2,5 mln so‘mlik operatsiyalar cheklangan.

Infografikadagi ma’lumotlarga ko‘ra, boshqa tijorat banklarida jami 3,0 mln so‘mlik mablag‘lar bo‘yicha operatsiyalar cheklangan.

Mobil qurilmalar ham antivirus orqali nazorat qilinmoqda

Banklarning mobil ilovalarida joriy etilgan antivirus tizimlari esa qurilmalarda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararli dasturlar, jumladan, zararli .apk fayllarni aniqlashga xizmat qilmoqda.

Tizim zararli dastur aniqlangan qurilmalarni cheklaydi, zararsizlantirilgan qurilmalar esa qayta foydalanishga imkon beradi.

2026-yilning yanvar–iyun oylarida zararli dastur aniqlangani sababli cheklangan qurilmalar soni bo‘yicha:

  • Ipak Yo‘li Bank — 991 179 ta,
  • Orient Finans Bank — 93 117 ta,
  • Agrobank — 55 955 ta,
  • APEX BANK — 30 506 ta,
  • TBC Bank — 29 154 ta qurilma bilan eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

Shuningdek, InFinBankda 23 707 ta, SQBda 13 544 ta, Mikrokreditbankda 11 285 ta, Tenge bankda 6 914 ta va Openbankda 5 998 ta qurilma cheklangan.

Zararli dasturlardan tozalangan qurilmalar soni ham katta

Antivirus tizimlari yordamida aniqlangan zararli dasturlar zararsizlantirilgach, minglab mobil qurilmalar qayta xavfsiz holatga keltirilgan.

Xususan, infografikada Ipak Yo‘li Bankda 57 326 ta, Agrobankda 30 997 ta, APEX BANKda 24 997 ta, TBC Bankda 18 181 ta, InFinBank va SQBda 23 707 hamda 13 544 tadan, Mikrokreditbankda 9 575 ta, Openbankda 4 859 ta qurilma tozalangani ko‘rsatilgan.

Yangiliklarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar

Bozorlarda narxlar qanday?

Mavzuga oid