Oʻzbekistonda bosh archa Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydonga oʻrnatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Bosh archa Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydonda o‘rnatiladi. U 25-dekabrdan 10-yanvargacha, har kuni soat 11:00 dan 23:00 gacha ochiq boʻladi.
Shuningdek, bayram tadbirlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:
🌲 Bektemir tumani: “Food city” majmuasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
🌲 Mirobod tumani: “Furqat” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
🌲 Mirzo Ulug‘bek tumani: Markaziy bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
🌲 Sergeli tumani: Tuman markaziy hiyoboni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
🌲 Olmazor tumani: Talabalar shaharchasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
🌲 Shayxontohur tumani: “Anhor Lokomotiv” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
🌲 Shayxontohur tumani: “Tashkent City” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
🌲 Uchtepa tumani: “Seul” Eko-bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
🌲 Chilonzor tumani: “G‘ofur G‘ulom” nomidagi istirohat bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
🌲 Chilonzor tumani: “Humo Arena” muz saroyi old maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
🌲 Chilonzor tumani: “Magic city” bog‘i — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00;
🌲 Yakkasaroy tumani: “Next” savdo majmuasi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00;
🌲 Yashnobod tumani: “Ashhobod” sayilgohi — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 20:00;
🌲 Yangihayot tumani: «Mehrigiyo» 24/7 savdo va xizmat ko’rsatish ko’chasi maydoni — 25-dekabr — 10-yanvar, soat 13:00 — 19:00