Markaziy bankning maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yakunida milliy valyutada rasmiylashtirilgan mikroqarzlar va mikrokreditlar berish hajmi ikki baravar ortgan.
2024-yilning yanvar-dekabr oylarida fuqarolar 45,83 trln soʻmlik mikroqarzlar olgan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 59,44 foizga koʻproqdir. Eng yuqori oylik koʻrsatkichlar yil oxiriga toʻgʻri kelgan va dekabr oyida mikroqarzlar berish rekord darajaga yetgan — 5,1 trln soʻmdan oshgan.
Mikrokreditlash hajmi oʻtgan yilga nisbatan 52,91 foizga oshib, 11,37 trln soʻmdan 17,4 trln soʻmgacha koʻtarilgan. Aholiga eng koʻp mikrokreditlar iyun va oktyabr oylarida berilgan (1,8 trln soʻmdan ortiq).
Toʻrtinchi chorakda mikrokreditlar ajratish oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 75,74 foizga tezlashgan, ammo mikrokreditlarning oʻsish surʼati ancha sekinlashgan (+30,55%).