Dushanba, 25 Avgust

Mikroqarzlarda biroz pasayish, avtokreditlarda esa o‘sish kuzatildi

O‘zbekiston Markaziy banki 18-avgust holatiga tijorat banklaridagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari statistikani e’lon qildi.

Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 36,1%ni tashkil etdi (11-avgustda – 36,3%). Eng yuqori stavka TBC bankda – 42,4%, eng past stavka esa Aloqabankda – 21,8%.

Avtokreditlarda o‘rtacha stavka 23,8% (11-avgustda – 23,7%). Eng yuqori ko‘rsatkich Infinbankda – 28%, eng past stavka esa Ipoteka bankda – 21,3%.

Jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 24,2%ni, yuridik shaxslarga berilayotgan kreditlarda esa 22,2%ni tashkil qildi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid