O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 25-avgust holatiga tijorat banklarida mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari pasaygan.
Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 35,9 foizni tashkil etdi (18-avgustda – 36,1 foiz).

- Eng yuqori stavka – TBC bankda (42,3 foiz),
- Eng past stavka – Aloqabankda (22,8 foiz).
Avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi esa 23,7 foizni tashkil etdi (18-avgustda – 23,8 foiz).

- Eng past stavka – Ipoteka bankda (20,7 foiz),
- Eng yuqori stavka – Infinbank va Hamkor bankda (28,0 foiz).
Taqqoslash uchun:
- Jismoniy shaxslarga ajratilayotgan boshqa kreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi – 24,1 foiz.
- Yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar – 22,2 foiz.