Shanba, 11 Oktabr

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 16-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar mamlakatda islomiy bank tizimini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladi.

Loyihaga ko‘ra, “islomiy bank”, “investitsiyaviy depozit” kabi tushunchalar qonunchilikka kiritiladi, maxsus litsenziya joriy etiladi hamda tijorat banklarida “islomiy darcha” ochish imkoniyati yaratiladi. Murobaha, muzoroba, musharaka, salam kabi islomiy moliya operatsiyalari qonuniy tartibda belgilab beriladi.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdaliyevning aytishicha, islomiy banklar faoliyatida shariat tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash uchun islomiy moliya kengashi, bo‘limi va auditi tashkil etiladi.

Qonun loyihasi Prezidentning 2023-yil 5-sentyabrdagi qarori hamda 2024-yil 30-avgustdagi farmoni asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Malayziya, Turkiya, BAA va qo‘shni davlatlar tajribasi asos qilib olingan.

Mazkur qonun qabul qilinsa, O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati AAOIFI va IFSB xalqaro standartlariga mos ravishda yo‘lga qo‘yiladi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid