O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qaroriga asosan bir qator tijorat banklariga berilgan faoliyat litsenziyalari qayta rasmiylashtirildi. Bu o‘zgarishlar banklarning nomi, manzili va tashkiliy-huquqiy shakli bilan bog‘liq.
Xususan:
- “Smart bank” AJ nomi “Open bank” AJ etib o‘zgartirilishi hamda pochta manzilining o‘zgarishi munosabati bilan uning litsenziyasi qayta rasmiylashtirildi.
- “Hayot bank” AJ joylashgan manzili o‘zgargani bois litsenziyasi yangidan rasmiylashtirildi.
- “Anor bank” AJ ham manzil o‘zgarishi tufayli yangi litsenziya oldi.
- Eronning “Soderot” banki Toshkentdagi sho‘ba banki esa tashkiliy-huquqiy shaklini “sho‘ba”dan “aksiyadorlik jamiyati” shakliga o‘tkazdi. Shuningdek, bank nomi “Soderot bank” qilib o‘zgartirildi va pochta manzili yangilandi. Shu sababli mazkur bankning litsenziyasi ham qayta rasmiylashtirildi.