Shanba, 11 Oktabr

Rekord: 5 grammli oltin quyma narxi 8 million so‘mdan oshdi

9-oktabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki oltin quymalarining navbatdagi narxlarini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lchovli oltin quymalari tarixiy cho‘qqiga chiqdi — 5 grammli quyma narxi ilk bor 8 million so‘mdan oshib, 8 mln 43 ming so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda oltin quyma narxlari quyidagicha belgilangan:

  • 5 gramm – 8 043 000 so‘m (bir kunda 122 000 so‘mga oshdi)
  • 10 gramm – 16 085 000 so‘m (+243 000 so‘m)
  • 20 gramm – 32 170 000 so‘m (+486 000 so‘m)
  • 50 gramm – 80 425 000 so‘m (+1 215 000 so‘m)
  • 100 gramm – 160 851 000 so‘m (+2 431 000 so‘m)

Yil boshidan buyon oltin narxi 39-marta yangi rekordni qayd etdi. Shu davr ichida ichki bozordagi o‘sish 42 foizni, o‘tgan yilning shu kuniga nisbatan esa 44 foizni tashkil etgan.

Jahon bozorida esa oltinning qiymati yuqori darajada saqlanib turibdi. 9-oktabr holatiga ko‘ra, 1 troya unsiyasi ($4000) atrofida baholanmoqda. Xabar tayyorlangan paytda oltinning global kotirovkasi $4059,12ni tashkil etdi.

Tahlilchilar fikricha, jahon bozoridagi bunday yuqori darajadagi barqarorlik oltin narxlarining kelgusi haftalarda ham o‘sishda davom etish ehtimolini kuchaytiradi.

Sharh qoldirish uchun tizimga kirgan bo'lishingiz kerak.

Eng ko'p o'qilganlar
Mavzuga oid