Ushbu bo‘lim orqali foydalanuvchilar uchinchi tomon ilovalari hamda elektron tibbiy kartalarni chatbotga ulashlari mumkin bo‘ladi.
ChatGPT Health Apple Health («Sog‘liq»), Function, MyFitnessPal, Weight Watchers va Peloton kabi fitnes va sog‘liqni monitoring qiluvchi ilovalar bilan integratsiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu ma’lumotlarga tayangan holda, ChatGPT ovqatlanish va mashg‘ulotlar bo‘yicha tavsiyalar berishi, tahlil natijalarini tushunishga yordam berishi, shifokor qabuliga tayyorlanish yoki foydalanuvchining sog‘liq odatlariga mos sug‘urtani tanlashda ko‘maklashishi mumkin.
Kompaniya ta’kidlashicha, ChatGPT Health malakali tibbiy mutaxassis o‘rnini bosa olmaydi va faqat yordamchi vosita sifatida xizmat qiladi.
Health bo‘limidagi suhbatlar hamda ulangan ilovalardan olingan ma’lumotlar boshqa ChatGPT dialoglaridan alohida saqlanadi. Shuningdek, ular uchun alohida “xotira” yozuvlari qo‘llaniladi va ma’lumotlar shifrlash orqali himoyalanadi.
OpenAI’ning ichki tadqiqotlariga ko‘ra, har hafta 230 milliondan ortiq foydalanuvchi ChatGPT’ga sog‘liq bilan bog‘liq savollar beradi — bu platformadagi eng ommabop foydalanish ssenariylaridan biri hisoblanadi.
Dastlab ChatGPT Health beta-versiya sifatida sinovdan o‘tkaziladi — foydalanuvchilar kutish ro‘yxatiga yozilishlari mumkin. “Yaqin haftalarda” esa ushbu bo‘lim barcha foydalanuvchilar uchun, jumladan obunasiz foydalanuvchilar uchun ham ochiladi. Elektron tibbiy kartalar bilan integratsiya esa hozircha faqat AQSh hududida ishlaydi.