O‘zbekiston fuqarolari uchun 2026-yilgi haj mavsumiga 15 mingta kvota ajratildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Parvozlar va yo‘nalishlar
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilgi haj mavsumi 2-maydan boshlanadi. Shu kundan boshlab har kuni Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Ziyoratchilar quyidagi 9 ta hududdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Madina shahriga uchadi:
- Toshkent
- Namangan
- Farg‘ona
- Andijon
- Samarqand
- Buxoro
- Qarshi
- Termiz
- Urganch
Ziyoratchilarni olib borish Flyadeal aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi, qaytish reyslari esa Uzbekistan Airways zimmasiga yuklatilgan.
2026-yilda haj narxi
2026-yilda bir nafar fuqaro uchun haj safari narxi: 77 million 73 ming so‘m. Bu narx avvalgi yilga nisbatan biroz pasaygan (2025-yilda 78,67 mln so‘m edi).
So‘nggi yillardagi narxlar dinamikasi
| Yil | Narx |
|---|---|
| 2019 | 33,3 mln so‘m |
| 2022 | 62,9 mln so‘m |
| 2023 | 68,76 mln so‘m |
| 2024 | 73,97 mln so‘m |
| 2025 | 78,67 mln so‘m |
| 2026 | 77,07 mln so‘m |
Kvota o‘zgarishsiz qolmoqda
So‘nggi yillarda O‘zbekiston uchun ajratilayotgan haj kvotasi o‘zgarmayapti:
- 2023 — 15 ming kishi
- 2024 — 15 ming kishi
- 2025 — 15 ming kishi
- 2026 — 15 ming kishi